Hyundai Steel aksiyalari AQShda zavod qurilishi haqidagi xabar ortidan 7 foizga pasaydi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Kompaniya $5,8 milliard sarmoya kiritmoqchi
Завод Hyundai Steel
Danjingdagi Hyundai Steel po‘lat zavodi / Foto: Courtesy of News1

Janubiy Koreyaning Hyundai Steel kompaniyasi Amerikaning Luiziana shtatida po‘lat zavodi qurish uchun $5,8 milliard sarmoya kiritishini e’lon qilganidan so‘ng aksiyalari 5 foizga oshdi. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu rejani qo‘llab-quvvatlagach, aksiyalar 7 foizga pasaydi.

Loyiha Hyundai Motor Group bilan birgalikda amalga oshirilmoqda va korxonaning yillik quvvati 2,7 mln tonna poʻlatni tashkil etadi.

Yangi zavod Hyundai Motor Group kompaniyasining AQShga $21 milliard sarmoya kiritish strategiyasiga kiritilgan. Bu qadam kompaniyaga poʻlat va avtomobillarga Amerika bojlaridan qochishga yordam berishi mumkin.

Xarajatlarning yarmini Hyundai Steel qoplaydi, qolgan summani esa bosh kompaniya va boshqa investorlar kiritadi. Zavod 2026–2029-yillar oraligʻida ishga tushishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya fargʻonaliklarni Hyundai verflarida ishlashga oʻrgatishi haqida yozgan edi.

Shuningdek