Oʻzbekiston Eron bilan durang oʻynadi

25-mart 2025 23:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
futbol
Oʻzbekiston Eron bilan durang oʻynadi Foto: UFA

Jahon chempionati 3-bosqich saralash o’yinlarining 8-turida Eron o‘z uyida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qabul qildi va jangovar durang qayd etdi deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Birinchi taymning 15-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni Oʻzbekiston foydasiga oʻzgartirdi. Birinchi taymda bir qator xavfli vaziyatlar va noaniq zarbalar har ikki tomon uchun ham sodir boʻldi. Ammo Erkinov tomonidan kiritilgan gol birinchi boʻlimning yagona goli boʻlib qoldi.

Ikkinchi taymda dastlab 52-daqiqada Taremi hisobni tenglashtirgan boʻlsa, ikki daqiqa oʻtib Abbosbek Fayzullayev oʻyinda jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi boʻlimning 83-daqiqasida Eronlik oʻyinchi Taremi yana gol urib, hisobni tenglashtirdi. Oʻzbekiston Eron bahsi shu tariqa 2:2 hisobida o‘z yakuniga yetdi.

Guruhning boshqa bir bahsida Qirgʻiz Respublikasi vakillari Qatar terma jamoasini 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Guruhdagi qolgan yana bir bahs KXDR va BAA terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston Qirgʻiziston ustidan gʻalaba qozongani haqida yozgan edi.

Shuningdek