Futbol muxlislari terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun Eronga yo‘l oldi
eʼlon qilindi
Tehronga uchib ketdi

Bugun, 25-mart kuni Andijon xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan keyingi ilk xalqaro reys amalga oshirilmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga qarashli Boeing 767-33P, UK67006 samolyoti HY-3207 charter reysi bilan Andijondan Tehronga uchib ketdi. Ushbu parvoz orqali o‘zbek futbol muxlislari milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun Eronga yetkaziladi.

Soat 21:00 da «Ozodi» stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralashining 3-bosqichi doirasida Eronga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijon aeroporti rekonstruksiyadan keyin birinchi texnik reysni qabul qilgani haqida xabar bergan edi.