Oltita viloyatda qattiq chiqindilarni yoqish orqali elektr ishlab chiqariladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Kompaniyalar elektr energiyasini 30 yil davomida «O‘zenergosotish» AJga kafolatlangan tarzda sotadi

Toshkent shahri va oltita viloyatda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. Bu haqda prezident qarorlari qabul qilindi.
Bu orqali ekologik muhit yaxshilanib, chiqindilarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi. Shuningdek, loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kompaniyalar 30 yil davomida «O‘zenergosotish» AJga kafolatlangan tarzda sotadi.
2025 – 2027-yillarda termik usulda qayta ishlanib, yo‘lga qo‘yiladigan quvvatlar quyidagicha:
- Toshkent viloyatida – 2,5 ming tonna chiqindidan kuniga 390 mln kVt energiya;
- Andijon viloyatida – 1,5 ming tonna chiqindidan kuniga 240 mln kVt energiya;
- Qashqadaryo viloyatida – 1,5 ming tonna chiqindidan kuniga 240 mln kVt energiya;
- Samarqand viloyatida – 1,5 ming tonna chiqindidan kuniga 240 mln kVt energiya;
- Namangan viloyatida – 1,5 ming tonna chiqindidan kuniga 227,5 mln kVt energiya;
- Farg‘ona viloyatida – 1,5 ming tonna chiqindidan kuniga 227,5 mln kVt energiya.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan fuqarolarning maishiy chiqindidan asossiz qarzlari bekor qilingani haqida yozgandi.