Qozogʻiston milliy libosdagi odamlar soni boʻyicha Ginnes rekordini oʻrnatdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
5,5 ming kishi milliy libosda to‘plangan

22-mart, Navroʻz bayrami kuni Oqtovda qozoq milliy kiyimidagi 5 ming kishi yigʻilib, «Qozoq milliy kiyimidagi eng koʻp odam» nominatsiyasi boʻyicha Ginnesning yangi rekordini oʻrnatdi. Bu haqda CentralAsia.media xabar bermoqda.
«Best Fest Nauryz» tadbirida turli kasb va elat vakillari, keksa avlod vakillari hamda chekka qishloqlar aholisi ishtirok etib, jami 5,5 mingdan ortiq kishilarni jamladi.
Rekord oʻrnatish marosimi Kaspiy dengizi sohilida boʻlib oʻtgan. Ishtirokchilarni sanashga bir necha soat ketgan. Jarayonni Buyuk Britaniyadan Ginnes rekordlar kitobining rasmiy vakillari kuzatib borishgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Nukusdagi oʻtov Ginnes rekordlari kitobidan joy olgani haqida yozgan edi.