«Sharq» poyezdida suvaraklar topildimi

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» Toshkent — Samarqand yoʻnalishidagi «Sharq» poyezdida suvaraklar topilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu maʼlumot yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tarqalgan fotosuratlar boshqa Toshkent — Volgograd yoʻnalishidagi poyezdda olingani aytildi.
«Ushbu suratlar “Sharq» poyezdi bilan hech qanday aloqasi yoʻq va ulardan ushbu kontekstda foydalanish faktlarni manipulyatsiya qilishdir”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, yoʻlovchilarning qulayligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha poyezdlar, jumladan, «Sharq» poyezdlari sanitariya meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda muntazam koʻrikdan oʻtkazilishi taʼkidlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonning «Jibek Joly» sayyohlik poyezdi Toshkentga yetib kelgani haqida xabar bergan edi.