
Xiaomi 15 Ultra’ning O‘zbekistondagi fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi. 2-mart kuni Xiaomi o‘zining eng so‘nggi flagman smartfonini taqdim etgan edi. Xiaomi 15 Ultra eng so‘nggi chiplar va kuchaytirilgan kameralarga ega. Ushbu model O‘zbekistonga yetib kelgan edi.
Kursiv Uzbekistan muxbiri poytaxtdagi texnika do‘konlariga tashrif buyurib, Xiaomi 15 Ultra smartfonini suratga oldi.


Olx platformasida Xiaomi 15 Ultra’ni $1080 dan $1280 gacha topish mumkin.
Bundan tashqari, rasmiy kafolat bilan Mi store onlayn do‘konida 16,2 mlnga xarid qilish imkoniyati bor. Shuningdek, muxbirimiz suratga olgan Texnomart’da 17,5 mln so‘m bilan sotib olish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari narxlari O‘zbekistonda qancha ekanligi haqida maqola yozgan edi.