«Yoshlar daftari» joriy etilganidan buyon 1,7 trillion so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan – Shavkat Mirziyoyev

eʼlon qilindi
Umumiy 1,3 mln nafar yosh daftarga kiritilgan
yoshlar daftari
«Yoshlar daftari» joriy etilganidan buyon 1,7 trillion so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

«Yoshlar daftari» joriy etilganidan buyon 1,3 mln nafar ehtiyojmand yoshlarga 1,7 trillionlik ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning «Ko‘ksaroy» qarorgohida o‘tkazilgan iftorlik marosimidagi nutqida malum qilindi.

«Ayollar daftari» doirasida 3,5 mln nafar ayolga 5,7 trillion so‘mlik yordam ajratilgan. «Yoshlar daftari» joriy etilganidan buyon 1,3 mln nafar ehtiyojmand yoshlarga 1,7 trillion milliard so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan.

2024-yilning o’zida ko‘makka muhtoj insonlarga 16 trillion so‘mlik moddiy yordam va nafaqalar berilgani qayd etildi.

«Ulug‘ vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning Samarqandda barpo qilinayotgan muazzam majmuasi qurilishi ham jadal davom ettirilmoqda. Bu yerda buyuk ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan muzey va ilmiy dargohlar bilan birga, 10 ming kishilik masjid ham bunyod etilmoqda», – dedi Mirziyoyev

«Nasib etsa, bu yil ana shu ikki muhtasham obidani – Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasining ochilish marosimini barchamiz birgalikda tantanali ravishda o‘tkazamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.

Bu yil Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev iftorlik tadbirida qatnashishi haqida ma’lum qilgan edi.

Shuningdek