AQSh yozda davlat qarzi boʻyicha defolt e’lon qilishi mumkin

eʼlon qilindi
Hozirda AQSh davlat qarzi $36,5 trilliondan oshgan
Foto: swisshippo / depositphotos.com

Agar AQSh Kongressi davlat qarzi chegarasini oshirmasa, mamlakat iyul oyi oʻrtalarida hisob-kitoblarni toʻlash uchun mablagʻ yetishmovchiligiga duch kelishi mumkin. Bu haqda Amerikaning ikki partiyaviy siyosat boʻyicha notijorat tahliliy markazi xabar berdi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga koʻra, AQSh davlat qarzi boʻyicha defolt iyul oʻrtalaridan oktabr boshigacha boʻlgan davrda yuzaga kelishi mumkin. Uning aniq sanasi esa budjetga soliq tushumlari, tariflardan keladigan daromad va boshqa moliyaviy omillarga bogʻliq boʻladi.

Hozirda AQSh davlat qarzi $36,5 trilliondan oshgan. Kongress budjet boshqarmasi prognoziga koʻra, bu koʻrsatkich 2034-yilga borib $50 trilliondan oshishi mumkin.

Moliya bozorlarida vaziyat keskinlashar ekan, mutaxassislar Kongressning qarzi boʻyicha chegara oshirish masalasidagi kechikishi iqtisodiy beqarorlikni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Moliya vazirligi ogohlantirishicha, davlat likvidligi boʻyicha zaxiralar deyarli tugagan va agar qarz chegarasi oshirilmasa, «X sanasi» may oyidayoq kelishi mumkin.

Respublikachilar $4 – 11 trillionlik soliq islohotini tezlashtirishga intilayotgan boʻlsa, demokratlar muzokaralar uchun bosim sifatida foydalanmoqda.

Ekspertlar defolt xavfi tufayli investorlar ishonchi pasayishi, kredit stavkalari oshishi va global moliyaviy barqarorlik izdan chiqishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh fondlariga investitsiyalar 14 baravarga oʻsgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek