
Prezident farmoniga ko‘ra, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish choralari tasdiqlandi. 2025-yil 1-sentabrdan kichik biznesni ixtiyoriy tugatish soddalashtiriladi. 2025-yil 1-iyuldan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyati 106 tadan 72 taga qisqartiriladi.
Xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni ta’mirlash, kosmetologiya, pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash va soatsozlik sohalari qisqartiriladi.
2025-yil 1-maydan biznesini yiriklashtirgan tadbirkorlarga QQS summasi 7 kunda qaytariladi.
2025-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvargacha kichik biznes uchun yangi tartibga solish vositalari joriy etilmaydi. Birinchi yil huquqbuzarlik qilgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinadi.
Fermer xo‘jaliklarining soliq qarzlari bo‘yicha penyalar hisobdan chiqariladi. Undirishga oid sud va ijro ishlari to‘xtatiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshmasligi haqida xabar bergan edi.