Avto

BYD yangi Yangwang U7 modelini ilg‘or osma tizim bilan taqdim etadi

BYD
Taxminiy narxi $138 ming
BYD Yangwang U7
Foto: CarNewsChina videosidan

BYD kompaniyasi o‘zining elektr flagmani Yangwang U7 modeli uchun ilg‘or YunNian-Z osma tizimini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina You Tube kanalida flagman videoroligini joylashtirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/03/byds-yangwang-u7-stability-kung-fu-challange.mp4
Video: CarNewsChina

Videosida jang san’ati ustasi Vin Chun uslubidagi harakatlarni bajaradi. Avtomobil notekis yo‘lda harakatlanayotgan bo‘lsa-da, uning kuzovi mutlaqo barqarorligicha qoladi.

YunNian-Z osma tizimida suyuqlikdan foydalanilmaydi va to‘g‘ridan to‘g‘ri elektromotorlar orqali boshqariladi. Tizim atigi 10 millisekund ichida yo‘l sharoitlariga moslashishi mumkin, bu esa an’anaviy moslashuvchan amortizatorlardan ancha tezkorligini anglatadi.

Yangwang U7 nafaqat YunNian-Z, balki YiSiFang deb nomlangan ilg‘or harakat boshqaruv tizimi bilan ham jihozlangan. Bu uni butunlay raqamli kuzov stabilizatsiyasi bilan jihozlangan dunyodagi birinchi seriyali elektromobilga aylantiradi.

Rasmiy taqdimot 27-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Avtomobilning taxminiy narxi $138 mingni tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD Sealion 05 EV Xitoyda sotuvga chiqarilgani haqida yozgandi.