
Xitoyda Geely kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Lynk & Co 900 krossoveri taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Lynk & Co 900 dizayni bilan ajralib turadi. Futuristik tashqi koʻrinishi, ilgʻor raqamli yoritish tizimi va zamonaviy interyeri bilan mashhur. Avtomobilning oʻlchamlari 5240 x 1999 x 1810 mm boʻlib, gʻildirak bazasi 3160 mmni tashkil etadi. Bu shakl uni juda keng va qulay qiladi.


Lynk & Co 900 Xitoy bozorida Li Auto L9 va BYD Denza N9 kabi modellarga raqobatchi boʻlmoqchi. U oʻzining texnologik imkoniyatlari, koʻplab zamonaviy xususiyatlari va raqobatbardosh narxi bilan ajralib turadi.

Lynk & Co 900’ning tashqi koʻrinishi va ichki xususiyatlari, yuqori darajadagi sifatni va dizaynni oʻz ichiga oladi. Ushbu yangi modelning narxi $50 mingdan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Geely kompaniyasi 2025-yilda yangi Coolray Beyond Edition modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.