Gadjetlar

Hugging Face $110 lik aqlli robot qo‘lni taqdim etdi – video

Nomi SO-100
Aqlli robot qo'l
Foto: GitHub

Hugging Face kompaniyasi LeRobot loyihasini kengaytirib, yangi arzon robototexnika qurilmalarini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/03/ssstwitter.com_1742840971961.mp4

Usbu SO-100 robotini $110 ga sotib olish mumkin. Bundan tashqari, kompaniya harakatlanuvchi baza ustiga joylashtirilgan LeKiwi modelini ham tayyorladi. Bu robot qo‘l xonada sochilib yotgan narsalarni yig‘ib, savatga tashlash funksiyasiga ega.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/03/ssstwitter.com_1742842403545.mp4
Video: AI news

Hugging Face LeRobot’ga vazifalarini o‘rgatish jarayonini sezilarli darajada yaxshiladi. Ular chiqargan yangi dataset bilan robotni bir kecha ichida o‘z maqsadlaringizga mos ravishda o‘rgatish mumkin.

LeRobot loyihasi PyTorch platformasida real dunyo uchun robototexnika modellari, datasetlari va vositalarini taqdim etishga qaratilgan. Loyiha maqsadi robototexnikaga kirish imkoniyatlarini soddalashtirish, bu orqali har kim datasetlar va oldindan o‘qitilgan modellarni baham ko‘rishdan foyda olishi va o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘ladi.

Loyiha ilg‘or uslublarni o‘z ichiga oladi, ular real dunyoga moslashishi isbotlangan bo‘lib, ayniqsa taqlidiy o‘rganish sohalariga e’tibor qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy oyda muz qidirish uchun uchuvchi robot yuborishi haqida yozgandi.