ITFC Oʻzbekistonga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun $20 mln ajratadi

eʼlon qilindi
Mablag‘lar «Trastbank» orqali taqdim etiladi
монеты, доллары
ITFC Oʻzbekistonga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun $20 mln ajratadi / Foto: Allison Saeng / Unsplash

Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) «Trastbank»ka tadbirkorlikni rivojlantirish uchun $20 million ajratadi. Bu haqda moliya instituti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mablagʻ kichik va oʻrta biznes uchun import va eksport shartnomalarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, yashil loyihalar, oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha tashabbuslar va xotin-qizlar rahbarlik qiladigan korxonalar imtiyozli moliyalashtirilishi mumkin.

2024-yilda ITFC va Oʻzbekiston oʻrtasida $600 millionlik bitim imzolangan. Shundan soʻng korporatsiya «Trastbank»ka uchta kredit liniyasini taqdim etdi. Soʻnggi besh yil ichida ITFC Oʻzbekistonda xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash uchun $168 million yoʻnaltirdi.

Ma’lumot uchun, ITFC – Islom taraqqiyot banki (ITB) tarkibidagi tashkilot hisoblanadi. U islom dunyosi mamlakatlarida savdo-sotiqni qoʻllab-quvvatlash, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish bilan shugʻullanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qancha mablagʻ kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek