Kvant texnologiyalarida ulkan yutuqlar yaqin – IonQ rahbari

eʼlon qilindi
Intervyudan so‘ng IonQ aksiyalari o‘sdi
Kvant texnologiyalar
Kvant texnologiyalarida ulkan yutuqlar yaqin — IonQ rahbari / Foto: Facebook

IonQ kvant texnologiyalari kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Piter Chapmanning ta’kidlashicha, kvant hisoblash sohasida texnologik yutuq yaqin yillarda yuz berishi mumkin. Bu haqda u Bloomberg Technology’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Piter Chapman
Foto: Bloomberg

Bu fikr Nvidia rahbari Jensen Huangning yanvar oyidagi prognoziga qarama-qarshi fikr sifatida bildirildi. Huang tijorat darajasidagi kvant yechimlarining rivojlanishi uchun 15 – 30-yil kerak bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

IonQ rahbarining intervyusidan so‘ng kvant texnologiyalari bozorida aksiyalar o‘sishi kuzatildi:

  • IonQ – 23,6 foizga;
  • Quantum Computing – 18,4 foizga;
  • Rigetti Computing – 7,83 foizga;
  • D-Wave Quantum – 4,31 foizga oshdi.

Shu kuni GTC konferensiyasida so‘zga chiqqan Jensen Huang kvant texnologiyalariga bo‘lgan shubhalari ortiqcha bo‘lganini tan oldi. U kvant hisoblash tizimlarini an’anaviy kompyuter standartlari asosida baholash noto‘g‘ri ekanini va noto‘g‘ri taxminlar sanoat rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, yanvar oyida Nvidia rahbari kvant texnologiyalari rivojlanishiga hali uzoq vaqt borligini bildirgach, IonQ va boshqa kvant kompaniyalari aksiyalari keskin tushib ketgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan DeepSeek Nvidiaʼning qiymatini $589 mlrdga tushirib yuborgani haqida yozgandi.

Shuningdek