
Oʻzbekiston va Rossiya katta quvvatga ega atom elektr stansiyasini qurish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda «Oʻzatom» agentligi yozmoqda.
Elektr stansiyasi masalasini Toshkentda «Oʻzatom» rahbari Azim Axmedxadjaev va «Rosatom» bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Andrey Petrov muhokama qildi.
Tomonlar Oʻzbekistondagi kichik atom elektr stansiyasi loyihasiga ham toʻxtalib oʻtdi. Uni yonilgʻi bilan taʼminlash va elektr stansiyasi uchun ishchilarni tayyorlash masalasini ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, «Oʻzatom» kichik atom elektr stansiyasi qurilishi hozirda loyiha bosqichida ekanini ma’lum qildi.
Eslatib oʻtamiz, «Kursiv» Oʻzbekiston va Fransiya atom energetika sohasida hamkorlik qilishi haqida yozgan edi.