
Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti qabul qilindi. Bu haqda prezident qarori ham e’lon qilindi.
Shu sababdan, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart – dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Avvalroq «Kursiv» mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida yozgandi.