«Oʻzgidromet»: 26 – 28-mart kunlari Toshkent viloyatining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor

eʼlon qilindi
2000 metr balandlikda joylashgan hududlarda
Foto: natmed123 / depositphotos.com

«Oʻzgidromet» ma’lumotiga koʻra, 2025-yil 26 – 28-mart kunlari kuzatiladigan yogʻingarchilik va havo haroratining oʻzgarishi sababli Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Xususan, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan quyidagi hududlarda ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etiladi:

  • Boʻstonliq tumani;
  • Ohangaron tumani;
  • Parkent tumani (Chotqol tizmasining togʻli hududlari).

Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli yoʻllarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraladi.

Avvalroq «Kursiv» 26-mart kuni Oʻzbekiston hududida havo bulutli boʻlib, yomgʻir yogʻishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek