
O‘zbekiston futzal federatsiyasi sport kiyimlari va aksessuarlari ishlab chiqaruvchi dunyoga mashhur Kelme brendi bilan bir yillik shartnoma imzolab, hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, tomonlar kelajakda hamkorlik muddatini uzaytirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi. Shu tariqa O‘zbekistonning barcha futzal terma jamoalari endilikda ispan brendi tomonidan yetkazib beriladigan liboslarda maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Kelme Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ning rasmiy hamkori hisoblanadi va dunyoning ko‘plab futzal klublari ushbu brend kiyimlaridan foydalanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi sovrindorlariga 400 mln so‘m mukofot puli ajratilishi haqida xabar bergan edi.