Qozogʻistonda kriptobank tashkil etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Raqamli aktivlarni tartibga solish uchun
Qozogʻistonda kriptobank tashkil etilishi mumkin. Foto: Merlinus74 / depositphotos.com

Qozogʻistonda deputatlar tomonidan raqamli aktivlar sohasini isloh qilishni taklif qilindi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Deputat Azat Peruashevning taʼkidlashicha, kriptovalyuta jahon moliya tizimining muhim qismiga aylanmoqda, biroq mamlakatda undan qonuniy foydalanish uchun huquqiy infratuzilma mavjud emas. Raqamli aktivlar aylanmasining taqiqlanishi yashirin bozor, noqonuniy ayirboshlovchilar va moliyaviy firibgarliklarning koʻpayishiga olib keladi.

Yechim sifatida u qonuniy maydonda raqamli aktivlarni nazorat qilish, saqlash va almashishni ta’minlaydigan kriptobank tashkil etishni taklif qildi, bu esa Qozogʻistonning mintaqaviy fintech markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi.

Shuningdek, deputat Yekaterina Smishlyayeva ham raqamli aktivlarni tartibga solishni qayta koʻrib chiqish tarafdori boʻldi. U jismoniy shaxslar uchun litsenziyalangan maydonchalardan foydalanish sharti bilan taʼminlanmagan raqamli aktivlar aylanmasini dekriminallashtirish, shu bilan birga, raqamli aktivlar infratuzilmasini kengaytirish va operatorlar ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qildi.

Parlament aʼzolarining fikricha, ushbu sohadagi qonunchilikni modernizatsiya qilish yashirin bozorni qisqartirish, investitsiyalarni jalb qilish va soliq tushumlarini koʻpaytirish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt yana Qozogʻistonda eng koʻp sotilgan avtomobilga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek