Rossiyada raqamli migrant profili joriy etiladi

eʼlon qilindi
Tizim 2025-yil 30-iyundan ishlay boshlaydi
Mixail Mishustin
Rossiyada raqamli migrant profili joriy etiladi / Foto Rossiya hukumati: Правительство РФ

Rossiyada noyob identifikatorga ega raqamli migrant profili paydo boʻladi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Davlat Dumasi deputatlari oldidagi nutqida tizimning yaqinda ishga tushirilishi haqida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, tizim 2025-yil 30-iyundan ishlay boshlaydi va kelajakda qogʻoz patentining analogiga aylanishi mumkin.

Rossiya hukumati rahbari noqonuniy migratsiyani davlat barqarorligi va xavfsizligiga tahdid deb atagan. Mishustinning eslatishicha, nazorat ostidagi shaxslar reyestrida hozirda Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy boʻlgan 640 ming migrant haqida ma’lumotlar mavjud.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rossiyada ayrim migrantlarga patentsiz ishlashga ruxsat berilgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek