Shaharsozlik qonunbuzarliklari uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

25-mart kuni qabul qilingan yangi qonun bilan shaharsozlik qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, jinoiy javobgarlik bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha ruxsatnoma berish yoki qabul qilish qoidalarini buzganda, davlat organlarining ruxsatisiz qurilish ishlarini amalga oshirishganda, ko‘p kvartirali uylarning asosiy konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish hamda qonunbuzarliklar tufayli odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lganda qo‘llaniladi.
Ushbu huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik, avval ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilgandan keyin qo‘llaniladi. Agar qonunbuzar noqonuniy o‘zgartirishlarni o‘z xohishi bilan tiklasa, u javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Shuningdek, loyiha tashkilotlarining ko‘rsatmalariga rioya qilmagan qurilish buyurtmachilari javobgarlikka tortiladi. Shaharsozlik hujjatlarisiz qurilish ishlari olib borgan shaxslarga nisbatan ham qat’iy choralar ko‘riladi va qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori oshiriladi.
Ushbu qonun iyul oyidan kuchga kiradi.
Avvalroq «Kursiv» Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochilgani haqida yozgandi.