Xiaomi YU7 elektromobilining rasmlari e’lon qilindi

26-mart 2025 21:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Xiaomi YU7 narxi qanday
Xiaomi YU7 elektromobilining haqiqiy koʻrinishi taqdim etildi / Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi oʻzining ikkinchi elektromobil modeli – YU7 krossoverining rasmini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina ma’lum qildi.

Bu model oʻz oʻlchami va texnik xususiyatlari bilan Lexus RX va BMW X5 kabi mashhur raqobatchilarini ortda qoldirmoqchi.

Xiaomi YU7 elektromobilining haqiqiy koʻrinishi taqdim etildi / Foto: Xiaomi

YU7 ning oʻlchamlari 4999 x 1996 x 1608 mm boʻlib, gʻildirak bazasi esa 3000 mmni tashkil qiladi. Ushbu avtomobil yuqori darajadagi texnologiyalar bilan jihozlangan boʻlib, uning dizayni futuristik va zamonaviy koʻrinishga ega.

Xiaomi YU7 elektromobilining haqiqiy koʻrinishi taqdim etildi / Foto: Xiaomi

YU7 ning texnik jihatlari ham e’tiborni jalb qiladi. Avtomobil bir nechta dvigatel variantlarida taqdim etiladi. Birinchi versiyada 315 ot kuchiga ega yagona dvigatel mavjud. Ikkinchi variantda esa ikkita dvigatel (oldingi 295 ot kuchi, orqa 376 ot kuchi) bor boʻlib, umumiy quvvat 681 ot kuchiga yetadi. Bu esa YU7 ni yuqori tezlikka erishish uchun ideal qiladi.

Xiaomi YU7 elektromobilining haqiqiy koʻrinishi taqdim etildi / Foto: Xiaomi

Xiaomi YU7 elektromobili Xitoyda 2025-yilning oʻrtalarida sotuvga chiqadi. Narxi esa $41 mingdan boshlanib $54 minggacha boʻlishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi SU7 Pro’ga talab yuqori ekani haqida yozgan edi.

Shuningdek