Amazon 2024-yilda 15 mln qalbaki mahsulotni musodara qildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Kompaniya kontrafaktga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga $1 milliarddan ortiq sarmoya kiritdi
Amazon 2024-yilda 15 mln qalbaki mahsulotni musodara qildi / Foto: Unsplash

Amazon kompaniyasining brendlarni himoya qilish boʻyicha soʻnggi yillik hisobotiga koʻra, 2024-yilda 15 milliondan ortiq qalbaki mahsulotlar aniqlandi. Dunyoning eng yirik onlayn-riteyleri 2020-yildan buyon kontrafakt mahsulotlarga qarshi faol kurash olib bormoqda. Oʻshandan beri kompaniya 24 mingdan ortiq qoidabuzarlarni javobgarlikka tortdi.

Amazonʼning soʻnggi yillik hisobotiga koʻra, 2024-yilda kompaniya soxtalashtirishga qarshi choralarni kuchaytirishga $1 milliarddan ortiq mablagʻ yoʻnaltirdi. Bundan tashqari, minglab mutaxassislar, jumladan, mashinali oʻrganish boʻyicha ekspertlar va dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar jalb qilindi. Sun’iy intellektga asoslangan vositalar 99 foiz qalbaki mahsulotlarning maydonga chiqishining oldini olishga yordam berdi. Shuningdek, assortiment kengayganiga qaramay, 2020-yildan beri soxtalashtirish boʻyicha tasdiqlangan shikoyatlar soni 35 foizga kamaydi.

2023-yilda Amazon brendlarga Transparency («Shaffoflik») tekshiruv tizimidan bevosita foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu dastur mahsulotlarning haqiqiyligini nazorat qilish jarayonini yanada takomillashtirdi. Uning doirasida 2,5 milliarddan ortiq mahsulot tekshirildi, ishtirokchi kompaniyalar soni esa besh yil ichida 10 mingdan 88 mingga yetdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amazon kompaniyasining Jeyms Bond brendi ustidan nazoratni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek