O‘zbekistonda aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Oyning ikkinchi yarmida harorat keskin o‘zgarib, 10-15 darajagacha pasayishi ehtimoli bor
O‘zbekistonda aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Yandex Maps

Aprelda ob-havo qanday bo’ladi? Bu yil aprel oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi xabar berdi.

O‘zbekistonga bahorning eng faol davri – aprel oyi kirib kelmoqda. Bu oyda daraxtlarning gullashi, ekinlar hosil bera boshlashi va haroratning sezilarli o‘sishi kuzatiladi.

Aprelda ob-havo harorati mart oyiga nisbatan 5-7 darajaga, shimoliy va cho‘l hududlarida esa 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari eng issiq paytlarda harorat 28-33 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, ba’zi hududlarda esa 38-39 darajagacha yetishi ehtimoli bor.

Bu oy yil davomidagi eng nam oylardan biri hisoblanadi. Tog‘li hududlarda oy davomida 9 – 13 kun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir miqdori me’yordan 3-5 baravar ko‘p bo‘lishi yoki umuman yog‘masligi mumkin. Har 3-5 yilda bir marta aprel oyida qor yog‘ishi ham kuzatiladi.

Oy dastlabki kunlari quruq ob-havo bilan boshlanadi. 1 – 5-aprel kunlari harorat 22-30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 7 – 10-aprel kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida harorat keskin o‘zgarib, 10-15 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.

Aprel oyida ob-havo tez o‘zgarishi mumkinligi sababli fuqarolar ushbu holatga tayyor bo‘lishlari tavsiya etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 26 – 28-mart kunlari Toshkent viloyatining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi borligi haqida yozgandi.

Shuningdek