AQSh global xavfsizlik uchun Grenlandiyaga muhtoj – Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonga global xavfsizlik uchun Grenlandiya kerakligini aytdi. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qilmoqda.
«Bu bizga mudofaa va hujumkor pozitsiyadan ham kerak boʻlgan orol. Ayniqsa, dunyodagi hozirgi vaziyatda biz uni qoʻlga kiritishimiz kerak», – degan Tramp.
Oq uy rahbari vitse-prezident boshchiligidagi delegatsiyaning orolga kutilayotgan tashrifi orolning aholisini bunga ishontirishi kerakligini ta’kidlagan.
Bloomberg agentligining yozishicha, AQSh vakillari Grenlandiyadagi Amerika harbiy bazasiga tashrif buyurishadi. Nuuk va Sisimiut shaharlariga tashrif ham rejalashtirilgan edi, ammo bu tadbirlar ehtimoliy norozilik namoyishlari tufayli bekor qilingan.
Bungacha Amerika rahbari bir necha bor orolning Grenlandiyaga qoʻshilishi tarafdori boʻlgan edi. Shu yilning yanvar oyida u Daniya hukumatidan orolni sotishni talab qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashrida Grenlandiyani egallanishiga urinishning sabablari haqida maqola chop etilgan edi.