
Xitoyning Changan kompaniyasi oʻzining yangi elektr avtomobili Qiyuan E07 ni taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.
Ushbu model juda noodatiy dizaynga ega boʻlib, sedan, krossover va hatto pikapning elementlarini birlashtirgan. Qiyuan E07 elektr platformaga asoslangan boʻlib, u toʻrt xil versiyada ishlab chiqariladi.
Modelning eng yuqori versiyasi 440 kVt (590 ot kuchi) quvvatga ega boʻlgan toʻrt elektromotor bilan jihozlanadi. Changan kompaniyasi bu krossoverni nafaqat Xitoy, balki butun dunyoda ommalashishini kutmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekistonda Changan va Deepal avtomobillari ishlab chiqarilishini ma’lum qilgan edi.