Dollarning rasmiy kursi oshadi

eʼlon qilindi
28-martdan 4 so‘mga oshadi
Dollar
Foto: Piqsels.

28-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 4 so‘mga oshib, 12 913,19 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 845 – 12 900 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 910 – 12 970 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 26,67 so‘mga tushib, 13 908,80 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,87 so‘mga oshib, 154,17 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.    

Shuningdek