FVV: Qamchiq dovonidagi yoʻl qordan tozalanmoqda
eʼlon qilindi
Boshqarma xodimlari transport vositalariga ham yordam ko‘rsatmoqda

Qamchiq dovonida yoʻlni qordan tozalash ishlari davom etmoqda. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yoʻlda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam koʻrsatilmoqda. Shu bilan birga, xohlovchi yoʻlovchilar uchun FVVning isinish maskanlari tashkil etilgan. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
Sinoptiklarning xabar berishicha, respublikada beqaror ob-havo shu hafta oxirigacha davom etadi. Togʻli hududlarda qor yogʻishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan 26 – 28-mart kunlari Toshkent viloyatining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi haqida yozgan edi.