Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram’da ishga tushdi

eʼlon qilindi
Grok’ning Android ham versiyasi taqdim etildi
Grok neyrotarmoq Telegram’da
Foto: GrokAI

Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Grok sun’iy intellekt chat-boti Android’da va Telegram’da foydalanish uchun taqdim etildi. Bu haqda chat-botning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Shu yilning fevral oyidan boshlab, Grok chat-botining Android uchun mo‘ljallangan rasmiy ilovasi Play Store’da paydo bo‘lgandi. Ilovadan foydalanish uchun foydalanuvchilar uni yuklab olib, o‘zlarining X (sobiq Twitter) akkauntlari orqali tizimga kirishlari kerak.

26-martdan boshlab esa chat-bot Telegram messenjerida ham ishlay boshladi. Foydalanuvchilar uni rasmiy Grok botini qo‘shish orqali ishlatishlari mumkin. Bu yangilik chat-botni yanada ommalashtirishga va foydalanuvchilar sonining ortishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Grok Telegram Premium obunachilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ham taqdim etadi. Ushbu ilova sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarga savollarga javob berish, maslahat berish, matnlar yaratish va hatto hazillar qilish imkoniyatiga ega. Undan foydalanish bepul.

Grok OpenAI’ning ChatGPT va Google Gemini’ga raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan. Chat-bor foydalanuvchilarga kulgili va noan’anaviy javoblar taqdim etadi.

Shuningdek, savollarga tez va aniq javob bera oladi hamda Grok sun’iy intellekti X platformasidan real vaqtda ma’lumot olish imkoniyatiga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask X tarmog‘iga $150 mln sarmoya kiritgani haqida yozgandi.

Shuningdek