Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Koreyada Konstitutsiyaviy sud impichment bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qilishi sababli
Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Foto: Flickr / Oskar Alexanderson

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari elchixona tomonidan ogohlantirildi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, Koreyada Konstitutsiyaviy sud impichment bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qilish arafasida Seul shahrida yirik namoyishlar va mitinglar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu sababli, o‘zbekistonliklarga mitinglar, namoyishlar va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslik, odamlar gavjum joylardan chetda bo‘lish tavsiya qilindi.

Shuningdek, Seul bo‘ylab harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish, shaxsiy xavfsizlik va sog‘liqni ehtiyot qilish hamda ijtimoiy tarmoqlarda provokatsion xabarlarni tarqatmaslik aytildi.

Zarur holatlarda +82 10 3213 4505, +82 10 2909 4334, +82 2 574 6554 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek