Banklar mijozlarning murojaatlarini tezkor va xolisona ko‘rib chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda

eʼlon qilindi
30 mingdan ortiq fuqarolar murojaat qilgan
Moliyaviy xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoya qilish kuchaytirilmoqda / Foto: Westlight / www.depositphotos.com

Moliyaviy xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoya qilish kuchaytirilmoqda. Raqobat qo‘mitasida 2025-yil 25-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bank sektorida iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlar muhokama qilindi.

O‘tgan yili Qo‘mitaga 30 mingdan ortiq fuqarolar murojaat qilgan bo‘lib, ularning 80 foizi iste’molchilar foydasiga hal etildi. Bank sohasiga oid shikoyatlar esa umumiy murojaatlarning 10 foizini tashkil qildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki:
– Iste’molchilar shikoyat bilan banklarga emas, balki nazorat organlariga murojaat qilishni afzal ko‘rmoqda.
– Banklar mijozlarning murojaatlarini tezkor va xolisona ko‘rib chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda.
– Axborot oshkoraligi va reklama qonunchiligiga rioya qilish borasida muammolar mavjud.

Xorijiy tajribadan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi banklar uchun iste’molchilar huquqlarini himoya qilish standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish tashabbusini ilgari suryapti. Ushbu jarayonda German Sparkassenstiftung kabi xalqaro ekspertlar ham ishtirok etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent va Samarqandda uchta AYQSH sifatsiz benzin sotgani aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek