Markaziy bank yana bir mikromoliya tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazdi
eʼlon qilindi
Biznesga ko‘maklashish mikromoliya tashkiloti

Markaziy bank «Biznesga koʻmaklashish mikromoliya tashkiloti» MCHJ faoliyatini mikromoliya tashkilotlar reyestriga kiritdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Biznesga koʻmaklashish mikromoliya tashkiloti» MCHJ ni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish va hisob roʻyxatidan oʻtkazish Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan amalga oshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Delta yillik 28 foiz daromadlilik bilan obligatsiyalarni savdoga qo‘yilishi haqida yozgandi.