Nvidia va Tesla bozor qiymati bir kunda $222 mlrd yo‘qotdi

eʼlon qilindi
Sabab import qilinadigan avtomobillarga boj tariflarini joriy etish
Nvidia Tesla bozor qiymati
Nvidia va Tesla bir kunda $222 mlrd bozor qiymatini yo‘qotdi / Foto: NVIDIA

Nvidia va Tesla bozor qiymati bir kunda $222 mlrd yo‘qotdi. Bu yo‘qotish AQShning eng yirik 35-kompaniyasi General Electric kapitallashuvidan ham yuqori bo‘ldi. Bu haqda Oninvest nashri ma’lum qildi.

Aksiyalar qiymatining keskin tushishiga AQSh prezidenti Donald Trampning import qilinadigan avtomobillarga boj tariflarini joriy etish haqidagi qarori sabab bo‘ldi. Shuningdek, AQSh hukumati Xitoyning o‘nlab texnologik kompaniyalarini qora ro‘yxatga kiritib, ularning Amerika texnologiyalariga kirishiga to‘siq qo‘ydi.

Asosiy ko‘rsatkichlar:
– AI chip ishlab chiqaruvchi Nvidia aksiyalari 26-mart kuni 5,7 foizga tushib, kompaniyaning kapitallashuvi $170 mlrdga kamaydi.
– Tesla aksiyalari esa 5,6 foizga arzonlashib, kompaniya qiymati $52 mlrdga pasaydi.
– S&P 500 indeksi 1,1 foiz, Nasdaq Composite esa 2 foizga tushdi.
– Bloomberg kuzatgan «Muhtasham yettilik» indeksi chorak davomida eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi.

Tahlilchilarning fikricha, AQSh savdo siyosatining noaniqligi fond bozoriga bosim o‘tkazishda davom etadi. Morgan Stanley tahlilchisi Deniel Skulli:

«Bozor noaniqlikni yoqtirmaydi, boj tariflari esa xavfli aktivlarga bo‘lgan talabni pasaytirishi mumkin», – deb ta’kidladi.

Barclays ekspertlari esa AQSh fond bozori yil oxirigacha bosim ostida qolishini va S&P 500 indeksi uchun prognozni 6600 punktdan 5900 punktga tushirganini bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Asus Ascent GX10 mini kompyuterini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek