Yangiliklar

Oʻzbekistonda 28-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Oʻzbekistonda 28-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Pexels

Ertaga, 28-mart kuni Oʻzbekiston hududida havo bulutli boʻlib, biroz yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Unga koʻra, Toshkent shahrida 26-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazmda kunduzi 12-17°, kechasi 2-7° iliq boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi.

Buxoro va Navoiyda harorat kechasi 12-17° va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda kunduzi 10-15°, kechasi 1-6° iliq boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi 12-17°, kechasi 1-6° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻonada esa kunduzi 8-13°, kechasi 1-6° iliq boʻladi. Ba’zi joylarda yogʻingarchilik kutilmoqda.

Togʻli hududlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda kuchli boʻladi. Harorat kechasi 0-5° va kunduzi 2-7° boʻlishi kutilmoqda.