O‘zbekistonga tashrif buyurgan turkiyaliklar soni qariyb 60 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Yanvar-fevral oylarida
Sayyoh
Foto: Unsplash

Shu yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari soni 22,5 ming kishiga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 ming nafarga (57,8 foizga) oshgan.

Turkiya fuqarolarining to‘qqiz mingdan ortig‘i xizmat safarlariga, yetti mingga yaqini turist bo‘lib, olti mingdan oshig‘i qarindoshlarni ziyorat qilishga kelgan.

Shuningdek, tijorat maqsadida 92 nafar, ta’lim bo‘yicha 68 nafar va davolanishga 11 kishi kelgani qayd etilgan.

Avvalroq «Kursiv» turistik maqsadlarda chet elga chiqqan oʻzbekistonliklar soni 17,7 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek