O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab o‘n yildan keyin 121 mlrd kilovatt-soatga yetadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2030-yilgacha generatsiyada «yashil» energiya ulushi 50 foizga yetkaziladi
Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati

2030-yilgacha generatsiyada «yashil» energiya ulushini 50 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi besh yilda respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarish 30 foizga oshib, 81,5 mlrd kilovatt-soatga yetdi. O‘sib borayotgan talabni qondirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari faol rivojlantirilmoqda. Natijada generatsiyada «yashil» energiyaning ulushi 16 foizga yetib, o‘tgan yili qo‘shimcha 3,2 gigavatt quvvat yaratilgan.

2035-yilga borib O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji 121 mlrd kilovatt soatga yetishi prognoz qilinmoqda. Shu sababli, energiya ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, jumladan, atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, 2030-yilgacha generatsiyada «yashil» energiya ulushini 50 foizga yetkazib, atom energiyasini bazaviy manbalardan biriga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Hozirda Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bilan 2025 – 2027-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Kelajakda quriladigan atom elektr stansiyasining har bir bosqichi loyihalashtirishdan tortib ishga tushirishgacha XAEA tomonidan nazorat qilinadi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda yirik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar ko‘rib chiqildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oltita viloyatda qattiq chiqindilarni yoqish orqali elektr ishlab chiqarilishi haqida yozgandi.

Shuningdek