Ramazon hayitida Toshkent metrosi odatdagidan bir soat oldin ish boshlaydi

eʼlon qilindi
30-mart Ramazon hayiti bayrami
metro jadval
Foto: LiveJournal / gelio

Toshkent metropoliteni Ramazon hayiti dam olish kunlari uchun ish vaqtini e’lon qildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 30-mart, yakshanba kuni yo‘lovchilar metroga bir soat oldin – ertalab soat 4:00 dan boshlab kiritiladi.

31-mart, dushanba qo‘shimcha dam olish kunida esa metro 5:00 da ochilib, yakshanba kungi jadval asosida ishlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanishi, 31-mart dam olish kuni ekanligi haqida yozgandi.

Shuningdek