
Oʻzbekistonda 314 km uzunlikdagi «Toshkent – Andijon» tezyurar avtomobil yoʻli qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish boʻyicha xalqaro tenderda 30 dan ortiq xorijiy kompaniyalar jalb etilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ma’lum qilindi.
Magistral yoʻl harakati vaqtini besh soatdan uch soatgacha, baxtsiz hodisalar sonini esa 40 foizga qisqartiradi. Shuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsulotini 2,6 foizga oshirishi kutilmoqda.
Toshkent va Samarqand shaharlari oʻrtasida yangi yoʻl qurilishi ham rejalashtirilgan. Uning uzunligi qariyb 300 kmni tashkil etadi. Bu esa mavjud magistraldagi tirbandlikni kamaytiradi va shaharlar orasidagi qatnovni tezlashtiradi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston 1,1 mlrd kub m gaz va 2,6 mlrd kWt soat elektr energiyasini tejashni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.