Toshkentning barcha tumanlarida ichimlik suvi salkam 40 kunga rejali o‘chiriladi
eʼlon qilindi
7-apreldan 16-maygacha

Toshkent shahrining deyarli barcha tumanlarida 7-apreldan 16-maygacha ichimlik suvi bosimi pasayishi va vaqtinchalik to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» xabar berdi.
2025-yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik doirasida katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Reja asosida suv ta’minoti vaqtincha uziladigan hududlarni quyidagi havola orqali bilib olish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-apreldan Samarqandda ichimlik suvi narxi 2800 so‘m bo‘lishi haqida yozgandi.