Toshkentdagi bolalar bogʻchasi rahbari firibgarlik va poraxoʻrlikda qoʻlga olindi

Toshkentda Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura departamenti xodimlari firibgarlik sodir etgani uchun bogʻcha mudirini qoʻlga oldi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Mudira yuqori lavozimda ishlagan tanishlari orqali Shayxontohur tumanidagi toʻrtta umumtaʼlim maktabining futbol maydonlarini $8,5 mingga ijaraga berishni vaʼda qilgan.
U har bir futbol maydoni ijarasi uchun $2 ming, xizmatlari uchun esa $500 talab qilgan. Mudira pora olayotgan vaqtida hibsga olingan.
Mazkur holat yuzasidan 168-moddaning 2-qismi «a» bandi va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri argʻonada Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi $1 ming olayotgan vaqtida qoʻlga olingani haqida yozgan edi.