
Ukrainalik rassom Aleksandr Ivanchak «Manchester Siti» va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanovning kubik rubiklaridan yasalgan portretini joylashtirdi. Rasmning yaratilish videosi «Manchester Siti»ning rasmiy X akkoutida 300 ming martadan koʻproq koʻrildi.
Ivanchak kubik rubikni tez yigʻish boʻyicha Ukraina chempioni. Xusanovga qadar u boshqa taniqli shaxslar: Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy , Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy va bokschi Aleksandr Usikning ham xuddi shunday portretlarini yaratgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Husanov fevral oyida «Man Siti»ning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingani haqida yozgan edi.