Venchur fondlari TON’ga $400 mlndan ortiq sarmoya kiritdi

Oxirgi oy ichida eng yirik venchur fondlari TON’ga $400 mlndan ortiq sarmoya kiritdi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov sahifasida ma’lum qildi.
Token Silikon vodiysining taniqli investitsiya fondlari – Sequoia, Benchmark, Ribbit va boshqalar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Pavel Durov investorlarning qiziqishi ortib borayotganini messenjerning pullik funksiyalarining kengayishi, mini-ilovalar ishlab chiqilishi va The Open Network blokcheyn tarmogʻining miqyosi kengayishi bilan izohladi.
Telegram asoschisi TON’ga investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlagan mashhur kriptovalyuta investorlarining iqtiboslarini e’lon qildi. Ular orasida Benchmarkʼdan Piter Fenton, Draper Associates asoschisi Tim Draper va Ribbit yaratuvchisi Mikki Malka ham bor.
Ular tokenning texnologik asosining sifatini qayd etdi. Bundan tashqari, kriptovalyuta sotib olish foydasiga argument uning eng mashhur messenjerlardan biri boʻlgan Telegram bilan integratsiyalashuvi boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, Durov WhatsAppʼni Telegramʼning «arzon nusxasi» deb atagan edi.