Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning grand klubiga oʻtishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaj News nashri xabar bermoqda
Abbosbek Fayzullayev. Foto: O‘FA

Turkiyaning grand klubi «Galatasaroy» Oʻzbekiston terma jamoasi va Moskvaning «SSKA» jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Markaj News nashri xabar bermoqda.

Manbalarga koʻra, «Galatasaroy» hozirda 21 yoshli oʻzbekistonlik futbolchining kelajagini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Fayzullayev bu mavsumda «SSKA»ning asosiy futbolchilaridan biri boʻlish baravarida, Oʻzbekiston terma jamoasida ham muhim rol oʻynamoqda.

Eslatib oʻtamiz, bungacha futbolchiga «Bavariya», «Monako» klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Maʼlumot uchun, Fayzullayev joriy mavsum Rossiya Premyer Ligasida 19 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. U ayni damda Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralash bahslarida 4 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlib turibdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Eron bilan durang oʻynagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek