Dollarning rasmiy kursi yana oshadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
1-apreldan 23,97 so‘mga oshadi

1-apreldan AQSh dollarining rasmiy kursi 23,97 so‘mga oshib, 12 937,16 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 850 – 12 910 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 920 – 12 990 so‘m oralig‘ida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 28,40 so‘mga oshib, 13 937,20 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,38 so‘mga oshib, 154,55 so‘mga teng bo‘ldi.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.