Endi statistikani izlashda sun’iy intellekt qo‘llanadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan e’tirozlarni inobatga olib, ushbu yangilanish joriy etilmoqda
                    
                            
Milliy statistika qo‘mitasida prezidentning PF-27-son farmon mazmuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.
«Yaqin orada saytimizda sun’iy intellekt yordamida statistik ma’lumotlarni izlash mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan e‘tirozlarni inobatga olib, ushbu yangilanish joriy etilmoqda. Sababi oddiy fuqarolar ma‘lumotlarni izlashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda», – dedi Milliy statistika qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Zoxidjan Ziyayev.
Ayni paytda www.siat.stat.uz manzili orqali foydalanuvchilar statistik ma’lumotlarni izlashlari mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat meva-sabzavot eksportini 23 foizga qisqartirgani haqida xabar bergan edi.
