Yangiliklar

Energetika vazirligi «M-25» gaz konidagi yong‘inni izohladi

Hech kim jabrlanmagan
M-25 koni
Foto: Eriell

27-mart kuni «M-25» gaz konidagi 202-sonli quduqdan vodorod sulfidining nazorat ostidagi otilishi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu holatga Energetika vazirligi izoh berdi.

Unga ko‘ra, tabiatga zarar yetkazmaslik va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida quduq yoqib qo‘yilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Hozirda barcha zarur chora-tadbirlar maxsus texnika va uskunalar yordamida amalga oshirilmoqda. Xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, aholi va yaqin atrofdagi hududlarga hech qanday xavf yo‘q.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda, batafsil ma’lumotlar ishlar yakunlangach e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, «M-25» gaz konini o‘zlashtirish jarayoni murakkabligi bilan ajralib turadi va bu yerda xalqaro tajribaga asoslangan kuchaytirilgan nazorat choralari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan turistlar avtobusida yongʻin sodir boʻlgani haqida yozgandi.