Yangiliklar

Gulistondan Chinorkentga elektropoyezd yo‘lga qo‘yildi: chipta narxi 40 ming so‘m

Poyezd haftaning seshanba kunidan tashqari har kuni qatnovni amalga oshiradi
elektropoyezd
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Bugun, 28-martdan Guliston – Toshkent – Chinorkent yo‘nalishida tezyurar poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

Ushbu shaharlararo tezyurar poyezd haftaning seshanba kunidan tashqari har kuni qatnovni amalga oshiradi.

Poyezdlar jadvali quyidagicha:

  • Guliston – Toshkent: Gulistondan ketish – soat 06:11, Toshkentga kelish – soat 07:58;
  • Toshkent – Chinorkent: Toshkentdan ketish – soat 08:15, Chinorkentga borish – soat 10:15;
  • Chinorkent – Toshkent: Chinorkentdan ketish – soat 10:55, Toshkentga borish – soat 12:28;
  • Toshkent – Chinorkent: Toshkentdan ketish – soat 13:20, Chinorkentga borish – soat 14:53;
  • Chinorkent – Toshkent: Chinorkentdan ketish – soat 15:43, Toshkentga borish – soat 17:16;
  • Toshkent – Guliston: Toshkentdan ketish – soat 17:31, Gulistonga borish – 19:00.

«Barcha shart-sharoit, isitish va sovitish tizimiga ega bo‘lgan elektropoyezd vagonlari keng, shinam va xavfsizligi bilan ajralib turadi. Oltita ta vagondan iborat bo‘lgan mazkur elektropoyezdning umumiy sig‘imi 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan», – dedi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ shahar atrofida yo‘lovchi tashish MChJ marketing va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori o‘rinbosari Dilmurod Ubaydullayev.

Shuningdek, bu elektropoyezd Gulistondan Chinorkentgacha uch soat-u 30 daqiqada yetib boradi. Chipta narxi Gulistondan Toshkentgacha 20 ming so‘m, Chinorkentgacha kattalar uchun 40 ming so‘m, bolalar uchun esa 23 ming so‘m. To‘lovni ATTO transport kartasi yordamida to‘lash yoki chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalaridan ham xarid qilish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda uzunligi 26 metrlik kupe va plaskart vagonlar ishlab chiqarilgani haqida yozgandi.