Jeff Bezos Venetsiyani toʻyi uchun ijaraga oladi

eʼlon qilindi
24 – 26-iyun kunlari
Jeff Bezos Venetsiyani toʻyi uchun ijaraga oladi. Foto: SFCamerajockey / depositphotos.com

24 – 26-iyun kunlari Venetsiya yilning eng yirik marosimlaridan biriga — Jeff Bezos va Loren Sanchesning toʻyiga mezbonlik qiladi. Ushbu tadbir sababli shahar yopiq sahnaga aylanadi, deb xabar bermoqda Italiyaning la Repubblica nashri.

Nashrning yozishicha, mehmonlar uchun shahardagi barcha suv taksilari hamda eng nufuzli beshta mehmonxona – Gritti Palace, Danieli, Aman Venice, Cipriani va St. Regis band qilingan.

Jeff Bezos Venetsiyani toʻyi uchun ijaraga oladi. Foto: la Repubblica

Toʻy marosimini Londonning Lanza & Baucina agentligi tashkil etmoqda. Mazkur agentlik avvalroq hindistonlik milliarder Agarvalning qizining toʻyini ham oʻtkazgan boʻlib, oʻsha tadbirda 800 mehmon ishtirok etgan.

Toʻy marosimi San-Jorjo-Majore orolida oʻtishi mumkin. Corriere del Veneto nashriga koʻra, Venetsiya uch kun davomida yirik tadbir markaziga aylanadi. Shaharning meri Luidji Brunjaro bu voqea shahar iqtisodiyotiga «millionlab yevro daromad» olib kelishini ta’kidlab, Venetsiyaning global joziba markazi sifatidagi oʻrnini yana bir bor eslatib oʻtgan.

Ma’lumot uchun, Jeff Bezos dunyoning eng boy kishilari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Forbes ma’lumotlariga koʻra, uning boyligi $216,8 milliardni tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jeff Bezos Amazonʼning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek