Kaspi.kz Turkiya bankini sotib oladi

eʼlon qilindi
Rabobank A.Ş.ni
Foto: Kaspi.kz

Kaspi.kz kompaniyasi Turkiyaning Rabobank A.Ş. bankini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda kompaniyaning 27-mart kuni e’lon qilingan press-relizida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Kaspi.kz Rabobankning barcha aksiyalarini sotib oladi. Bitimning yakunlanishi tegishli tartibga soluvchi organlarning ruxsati olingandan so‘ng va barcha shartlar bajarilgach amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Rabobank Niderlandiyada joylashgan kooperativ bank bo‘lib, asosan qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatida faoliyat yuritadi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, Rabobank mamlakatdagi 54 ta bank orasida aktivlari bo‘yicha 40-o‘rinni egalladi. Shuningdek, bankda kreditlar yoki depozitlar yo‘q.

Avvalroq «Kursiv» Kaspi.kz O‘zbekistonning Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazish imkoniyatini yaratgani haqida yozgandi.

Shuningdek